» » Yetti yil davomida qidiruvda yurgan farg‘onalik qamoqxonaga emas, o‘z uyiga qaytdi

Yetti yil davomida qidiruvda yurgan farg‘onalik qamoqxonaga emas, o‘z uyiga qaytdi


Farg‘ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan Inomjon Sotvoldiyev o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytgani uchun unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilmay, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Inomjon Sotvoldiyevga nisbatan 2010-yil 17-noyabrda Toshloq tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244/2-moddasi 1-qismi, 244/1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan edi.

Sirtdan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan Inomjon Sotvoldiyev yetti yil davomida huquqni muhofaza qilish idoralaridan yashirincha Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida rus millatiga mansub ayol bilan nikohdan o‘tib, yashab kelgan.

Maxsus qidiruvda bo‘lib, O‘zbekistonga o‘z ixtiyori bilan qaytayotganlarni kechirish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish borasida amalga oshirilayotgan ishlardan xabar topgan Inomjon Sotvoldiyev ham o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi.

Farg‘ona viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanib, “Novosibirsk—Namangan” yo‘nalishidagi samolyotda yashash manziliga qaytayotganini ma’lum qildi.

Inomjon Sotvoldiyev 2018-yil 7-may kuni “Namangan” xalqaro aeroportiga kelib tushdi. Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasiga o‘zgartirilib, o‘z uyiga, oilasi bag‘riga qaytarildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют