» » Uchuvchi aviahalokat vaqtida tirik qolish uchun nimalar qilish zarurligini so‘zlab berdi

Uchuvchi aviahalokat vaqtida tirik qolish uchun nimalar qilish zarurligini so‘zlab berdi


Uchuvchi Deyv Inch samolyot qulashni boshlasa, yo‘lovchilar tirik qolish uchun nimalar qilishi zarurligini aytdi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Boeing-787 samolyotining kapitani Deyv Inchning aytishicha, halokatga doim tayyor turish kerak: baland poshnali oyoq kiyim, ko‘zoynak, galstuk va sharflarni yechib qo‘ygan ma’qul. Bundan tashqari, avariya uchun mo‘ljallangan eng yaqin chiqish joyi qayerda ekani, ungacha bo‘lgan yo‘lda nechta to‘siq borligini (negaki samolyot ichi tutunga to‘lib qolishi mumkin) eslab qolish lozim.

Bortkuzatuvchi aytmasa, joylardan turish mumkin emasligini uchuvchi alohida ta’kidladi. “Styuardessani ogohlantirmasdan eshik va oynalarni ochmang. Agar kabina tutunga to‘lib bo‘lsa, namroq mato sizni qutqarishi mumkin”, — deydi Deyv Inch.

Uchuvchi avialaynerda qutqaruv jiletini ishirish mumkin emasligini aytgan. Negaki samolyot suvga to‘lib qolsa, jilet kiygan yo‘lovchi qopqonda qolib ketgandey bo‘ladi.

Inchning so‘zlariga qaraganda, kabinadan chiqqandan keyin tutun va olovdan imkon qadar uzoqlashish kerak. Baland o‘sgan o‘tga yotish mumkin emas. “Aksariyat aviahalokatlar kutilmaganda sodir bo‘ladi va ularni oldindan aytib berishning iloji yo‘q. Agar siz tirik qolishga muvaffaq bo‘lsangiz, bortkuzatuvchilarni diqqat bilan eshiting va o‘zboshimchalik bilan hech qanday qaror qabul qilmang”, — deydi uchuvchi.

2017-yilning martida havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi (IATA) samolyotlarni uzoq hududlarga sayohat qilish uchun eng xavfsiz transport deb atagan. IATA mutaxassislari 2016-yil tijoriy aviatsiyadagi halokatlarni o‘rganib chiqqanidan keyin shunday xulosaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют