» » Boks. Nokdaunga uchragan Vasiliy Lomachenko raqibini nokaut bilan yengib, chempion bo‘ldi va rekord qo‘ydi (video)

Boks. Nokdaunga uchragan Vasiliy Lomachenko raqibini nokaut bilan yengib, chempion bo‘ldi va rekord qo‘ydi (video)


13-may tongida ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda yana bir jahon chempioni Xorxe Linares chempionlik jangida ringga ko‘tarildi, deb yozadi “Olamsport”.

Bokschilar 61,2 kg vazn toifasida jang o‘tkazdi. O‘n ikki raundga mo‘ljallangan jang o‘ninchi raundda Lomachenkoning g‘alabasi bilan tugadi. Oltinchi raundda nokdaun holatiga tushib qolgan ukrainalik chempion vaziyatni ijobiy tomonga o‘nglay oldi. O‘ninchi raundda zarbalar seriyasini o‘tkazib yuborgan Linares referi hisobni yakuniga yetkazganida ham o‘rnidan ko‘tarila olmadi.

Shu tariqa ikkinchi yarim yengil vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni hisoblangan Lomachenko Linaresga tegishli yengil vazndagi WBA Super chempionlik kamarini o‘ziniki qilib oldi.

Uch yil avval yaponiyalik Kadzuto Ioka uchta turli vazn toifalarida jahon chempionligiga erishgandi. Buning uchun unga 18 ta jang kerak bo‘lgan. Lomachenko esa bugun ushbu rekordni yangiladi. Linaresga qarshi kechgan jang uning professional boks faoliyatidagi 12-jangga aylandi. Bu bilan u uchta vazn toifasida jahon chempionligiga erishib, rekord o‘rnatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют