» » O‘zbekistonning WTO'ga a’zo bo‘lishi mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning WTO'ga a’zo bo‘lishi mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi


2018-yil 14-may, dushanba kuni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (WTO) a’zo qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini yangilash mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Seminar Tashqi savdo vazirligi, Butunjahon banki hamda AQShning USAID xalqaro taraqqiyot agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Seminarning maqsadi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (WTO) a’zo qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini yangilashning strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.

Seminarda USAID xalqaro taraqqiyot agentligi, Butunjahon banki, BMT taraqqiyot dasturi tashkiloti vakillari ishtirok etadi.

Tadbirda ishtirok etishni istagan jurnalistlar Tashqi savdo vazirligining matbuot xizmatiga murojaat qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют