» » Tojikiston chegarachilari adashib, Qirg‘iziston hududiga o‘tib ketdi

Tojikiston chegarachilari adashib, Qirg‘iziston hududiga o‘tib ketdi


Tojikiston chegarachilari Qirg‘izistonning Laylak tumanidagi Sad qishlog‘ida janjal keltirib chiqardi. Bu haqda “SNG Today” xabar berdi.

Xabar berilishicha, 12-may kuni Tojikiston chegara xizmatining to‘rt nafar harbiy xizmatchisi transport vositasida Qirg‘izistondagi aholi punktiga kelgan, keyin esa qo‘shni davlat fuqarolarining hujjatlarini tekshirishga harakat qilgan.

Bunday harakatlar qishloq aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan va ikkii tomon o‘rtasida dastlab og‘zaki tortishuv kelib chiqqan. Keyinroq yuz bergan kichik to‘qnashuv natijasida qishloq aholisi harbiylarning transport vositasini egallab olgan. Qishloqqa mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, Qirg‘iziston chegara xizmati vakillarining yetib kelishi janjalni bartaraf qilishga imkon bergan.

Mazkur hodisa ikki davlat chegara xizmatlari rahbarlari uchrashuvi doirasida ko‘rib chiqilgan. Tojikiston tomoni rasman uzr so‘ragan va hodisani chegarachilarning tajribasizligi sababli qo‘shni mamlakat hududiga o‘tib ketagani bilan izohlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют