» » Keniyadan 78 ming yil ilgari odamlar yashagan manzilgoh topildi

Keniyadan 78 ming yil ilgari odamlar yashagan manzilgoh topildi


Germaniyadagi Maks Plank nomidagi jamiyatning inson rivojlanishi instituti olimlari Keniyadagi Panga-ya-Saidi g‘oridan qadimiy odamlar manzilgohini topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Panga-ya-Saidi g‘orlar tizmasi bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 1000 metrni tashkil qiladi.

Panga-ya-Saidi qirg‘oqdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu masofa turli davrlarda suvning balandligiga qarab o‘zgarib turgan. Tadqiqotchilarning fikricha, g‘ordagi odamlar baliq tutmagan, ov va termachilik bilan shug‘ullangan.

Topilma natijasida qilingan kashfiyotlar shuni isbotlaydiki, odamlar rivojlangan qurollarga bosqichma-bosqich o‘tgan va toshga ishlov berishni o‘rgangan. Panga-ya-Saidi g‘orida topilgan tosh qurollar bundan 78 ming yil ilgari yaratilgan, 67 ming yil oldin esa o‘q-yoy takomillashishni boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют