» » Muhammad Saloh APLda ham yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi

Muhammad Saloh APLda ham yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi


“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premyer ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda APLning Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Salohdan tashqari mazkur sovrin uchun Harri Keyn (“Tottenhem”), David de Xea (“Manchester Yunayted”), Jeyms Tarkovski (“Byornli”), Kevin De Bryuyne va Rahim Sterling (ikkisi ham “Manchester Siti”) da’vogarlik qilgandi.

APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda ovoz berish jarayonida ekspertlar, muxlislar va klublar sardorlari ishtirok etdi.

Muhammad Saloh APLning joriy mavsumida “Liverpul” safida 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va 31 ta gol urib, 10 golli uzatmaga mualliflik qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют