» » Kevin de Bryuyne APLda mavsumning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi

Kevin de Bryuyne APLda mavsumning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi


“Manchester Siti” APLning 38-turida safarda “Sautgempton” ustidan bitta gol farqi bilan g‘alaba qozondi. Gabriel Jezusning goliga uzatma bergan Kevin de Bryuyne APLda mavsumning eng yaxshi pleymeykeri bo‘ldi. Bu haqda Angliya premyer ligasining Twitter sahifasida xabar berildi.

Unga ko‘ra, belgiyalik yarim himoyachi APLning joriy mavsumida sheriklariga 16 ta golli uzatma berdi. E’tiborlisi, Kevindan keyingi o‘rinlarda ham “Manchester Siti” a’zolari o‘rin olgan. Leroy Sane hisobida 15 ta golli uzatma mavjud. David Silva hamda Rahim Sterling esa sheriklarining gol urishi uchun 11 ta golli uzatmalarni amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun “shaharliklar” ushbu mavsum 106 ta gol urib APL rekordini o‘rnatdi.

?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 01:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют