» » Times gazetasi Alisher Usmonovni Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritdi

Times gazetasi Alisher Usmonovni Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritdi


Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov Britaniyaning Times gazetasi an’anaviy reytingida sakkizinchi o‘rinni egallab, Buyuk Britaniyaning eng badavlat fuqarolari ro‘yxatiga kirdi, deb yozadi “RBK”.

Rossiyalik biznesmenning davlati 2017-yil yakunlariga ko‘ra 10,566 milliard funt sterlingga baholandi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,235 milliard funtga kamroqdir, o‘shanda gazeta rossiyalik tadbirkorni beshingi pog‘onaga joylashtirgan edi.

Mamlakatdagi eng boy odam, nashr fikricha, Ineos neft-kimyo kompaniyasi asoschisi va rahbari britaniyalik milliarder Jim Ratkliffdir, uning davlati 21,05 milliard funtga teng.

Ikkinchi o‘rin reytingning o‘tgan yilgi yetakchilari — Hinduja Group kompaniyasi egalari hindistonlik tadbirkorlar Shri va Gopi Hinduyaga nasib etdi. Ularning aktivlari qiymati, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 20,644 milliard funtni tashkil etadi.

Eng boy britaniyaliklar uchligiga asli sobiq ittifoqlik amerikalik biznesmen Leonid (Leonard) Blavatnik yakun yasadi, uning boyligi 15,259 milliard funtga baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют