» » O‘zbekistonda 5 yil o‘tib, yana xususiy qo‘riqlash agentliklari paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda 5 yil o‘tib, yana xususiy qo‘riqlash agentliklari paydo bo‘lishi mumkin


O‘zbekistonda yana xususiy qo‘riqlash agentliklari paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Spot. Bu normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylangan “Davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Loyihaga muvofiq, 2019-yilning 1-yanvaridan 27 ta davlat funksiyalarini xususiy qo‘llarga va fuqarolik jamiyati institutlariga berish taklif etilmoqda, ulardan biri “Qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish, strategik, davlat obyektarini qo‘riqlash bundan mustasno” deb ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda xususiy qo‘riqlash agentliklari 2014-yil 1-fevralgacha mavjud bo‘lgan — o‘shandan buyon qo‘riqlash faoliyati bilan faqat Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Qo‘riqlash” birlashmasi shug‘ullanadi, u kompaniyalarga shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi.

Qonun loyihasida ushbu tartibni bekor qilib, mazkur faoliyatni litsenziyalashni joriy qilish taklif etilmoqda. Loyiha 27-maygacha muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют