» » Quyosh po‘rtanalari kit va delfinlarning o‘zini halok qilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi

Quyosh po‘rtanalari kit va delfinlarning o‘zini halok qilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi


Yuzlab kit va delfinlar quyosh po‘rtanalari tufayli o‘zini qirg‘oqqa tashlab, halok qilishi mumkin. Bu haqda NASA astrofizigi Antti Pulkkinen ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Dengiz jonivorlarining ommaviy joniga qasd qilishi ular navigatsiya uchun magnit maydonlaridan foydalanishi va o‘z-o‘zidan, magnit anomaliyalari ta’siriga tushishiga aloqador bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar taxminicha, kit va delfinlarning o‘zini halok qilishiga asosiy sabab quyosh po‘rtanalari vaqtida Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlardir.

Mazkur o‘zgarishlar ta’siri shunchalik kuchliki, elektr qurilmalari, radioaloqa tizimlari va GPS-navigatsiyani ishdan chiqarishi mumkin. Hozirda NASA quyosh po‘rtanalari chindan ham jonivorlarning o‘zini tutishiga ta’sir etishi ehtimolini aniqlashga kirishdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют