» » Buxoroda yosh qizchalarning ziraklarini yechib olib ketgan kollej o‘quvchilari qo‘lga olindi

Buxoroda yosh qizchalarning ziraklarini yechib olib ketgan kollej o‘quvchilari qo‘lga olindi


Buxoroda maktab o‘quvchilarini aldab, qulog‘idagi ziragini yechib olib ketgan kollej o‘quvchilari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Buxoro shahrida 11-may kuni bir fuqaro IIBga murojaat qilgan. U 5-may kuni uch noma’lum shaxs A.Somiy ko‘chasida qizi, o‘rta maktab o‘quvchisiga qulog‘idagi ziragini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligini aytib ziraklarini yechib olib ketganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro shahrida yashovchi kollej talabalari — opa-singillar va ularning dugonasi sodir etgani aniqlanib ushlandi.

Ular 10-may kuni ham A.Somiy ko‘chasida o‘rindiqda o‘tirgan o‘rta maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchisining qulog‘idagi ziragini yechib olib ketgani ham aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют