» » Suriya bo‘yicha kelgusi muzokaralar Ostonada fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

Suriya bo‘yicha kelgusi muzokaralar Ostonada fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi


Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha operativ guruhning ikkinchi uchrashuvi Ostonada fevral oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Muzokaralar aniq o‘tkaziladi, taxminan fevral oyi o‘rtalarida. O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, biz kafil mamlakatlardan ma’lumot olamiz, shundan so‘ng uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Qayrat Abdraxmanov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri

Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Stanislav Gadjimagomedov Rossiya, Eron va Turkiyaning kelgusi uchrashuvi Ostonada 15—16-fevral kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini bildirdi. Gadjimagomedov Qozog‘iston poytaxtidagi birinchi uchrashuvda Rossiya delegatsiyasini boshqargandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют