» » Netanyaxu barcha davlatlarni AQSh kabi yo‘l tutib, o‘z elchixonalarini Quddusga ko‘chirishga chaqirdi

Netanyaxu barcha davlatlarni AQSh kabi yo‘l tutib, o‘z elchixonalarini Quddusga ko‘chirishga chaqirdi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu dunyodagi barcha davlatlarni AQSh kabi o‘z elchixonalarini Quddusga ko‘chirishni va bu orqali mintaqada tinchlikning erishilishiga yordam berishga chaqirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Men barcha mamlakatlarni AQSh kabi yo‘l tutishga va o‘z elchixonalarini Quddusga ko‘chirishlariga chaqiraman. Ularni Quddusga ko‘chiring, chunki bu to‘g‘ri qaror. Elchixonalaringizni Quddusga ko‘chirishingiz tinchlikka xizmat qiladi”, — deydi Netanyaxu.

Gvatemala va Paragvay AQSh kabi yo‘l tutishga qaror qildi, ularning elchixonalari may oyi oxiriga qadar ochiladi. Natanyaxu o‘z nutqida Quddusdagi elchixonalar soni yaqin orada oshishiga sha’ma qilib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют