» » Toshkent shahar IIBB: Chilonzordagi avtobusning yonib ketishiga uning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan

Toshkent shahar IIBB: Chilonzordagi avtobusning yonib ketishiga uning yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan


Avvalroq, bugun, 14-may kuni Chilonzor tumanida Mercedes rusumli avtobus yonib ketganligi haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar IIBB yong‘in nima sababdan yuzaga kelganligiga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 08:30 da IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida 94-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtobusning yonib ketgani haqidagi xabar kelib tushgan. Soat 08:34 da voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmatining jangovar jamoasi yetib borgan.

Soat 08:42 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in avtobusning yoqilg‘i tizimida yuzaga kelgan nosozlik sabab kelib chiqqan deya taxmin qilinmoqda va hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют