» » O‘zbekistondagi 100 yoshlik gazetalardan biri — “Pravda Vostoka” bosh muharriri o‘zgardi

O‘zbekistondagi 100 yoshlik gazetalardan biri — “Pravda Vostoka” bosh muharriri o‘zgardi


O‘zbekistonning yetakchi nashrlaridan biri — “Pravda Vostoka” bosh muharriri Abbosxon Usmonov nafaqaga chiqdi. @davletovuz’ning xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov unga “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi va nashr jamoasiga yangi rahbar – Salim Musurmonovich Doniyorovni tanishtirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abbosxon Usmonov uzoq muddat Prezident devoni va respublika nashrlarida faoliyat yuritgan.

To‘qqiz yildan ziyod “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharriri bo‘lgan. 2006-yili moliyaviy va kadr muammolari girdobida qolgan otaxon nashr bo‘lmish “Pravda Vostoka” gazetasiga rahbar etib tayinlangan.

“12 yil davomida hukumatning rus tilida chiquvchi yagona nashri tamomila o‘zgardi. Jamoa yosh kadrlar bilan boyitildi, ikkita kitob nashr etildi, ‘Oltin qalam’ gran-prisiga sazovor bo‘ldi. Nashr veb-sayti alohida OAV sifatida ish boshladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют