» » Organik kosmetika: foydami yoki zarar?

Organik kosmetika: foydami yoki zarar?


Ilgari buvilarimiz shifobaxsh o‘tlar, rezavor mevalar va boshqa har xil o‘simliklardan teri, soch va tirnoqlar go‘zalligi uchun foydalangan. Zamonaviy texnologiya bunday tajribani ilmiy asoslar bilan birlashtirib juda foydali mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi. Haqiqatan ham organik kosmetika shuncha foydalimi?

Kokos yog‘ining foydasi nimada?

Kokos yog‘i tarkibida quritish xususiyatiga ega bo‘lgan laurin yog‘ kislotasi mavjud. Terini quritishdan saqlash maqsadida bu yog‘dan uzoq vaqt foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Ba’zi turdagi terilar uchun kokos yog‘ining o‘rik yoki uzum yog‘i bilan aralashmasi foydali hisoblanadi.

Krem o‘rnida yog‘ ishlatish mumkinmi?

Ko‘pincha yog‘lar qutisida namlovchi ta’sirga ega degan yozuvni uchratamiz. Lekin, yog‘lar namlovchi xususiyatga ega emasligini bilib qo‘ygan yaxshi. Yog‘lar teri ichidagi namlikni bir muddatga saqlab turish vazifasini bajaradi.

Kremlar tarkibidagi yog‘ va suv birlashtirilgani uchun samaraliroq ta’sir qilish xususiyatiga ega.

Organik kosmetikaning sintetik kosmetikadan farqi nimada?

Organik kosmetika tarkibida silikon va parafinlar bo‘lmaydi. Terida sintetik kosmetika tarkibidagi sulfatlarning to‘planishi oqibatida allergiya paydo bo‘ladi. Demak, haqiqatan ham tabiiy vositalar terini to‘g‘ri parvarishlashga yordam beradi.

Tabiiy kosmetikani qanday saqlash kerak?

Tabiiy moddalar oksidlanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, yaxshisi organik kosmetika vositalarini sovitgichda saqlaganingiz ma’qul.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют