» » AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullayev ozod qilinishini olqishladi

AQSh elchixonasi Bobomurod Abdullayev ozod qilinishini olqishladi


AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi jurnalist Bobomurod Abdullayev ozod qilinishi yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda, jumladan, shunday deyiladi:

“Amerika Qo‘shma Shtatlari yetti oylik sud jarayonidan so‘ng 7-may kuni jurnalist Bobomurod Abdullayevni ozod etilganini olqishlaydi. Biz sud mulozimlarini ochiq va shaffof o‘tkazilgan, O‘zbekiston sud tartib-qoidalariga asoslangan sud jarayoni bilan qutlaymiz.

Sud qarorida tergovchilar tomonidan ‘ko‘plab protsessual qonunbuzarliklar’ sodir etilgani ham qayd etilgan. Kelgusida bunday ishlar takrorlanmasligi uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini bu qonunbuzarliklarni ko‘rib chiqib, tegishli choralar ko‘rishga undaydi. Barcha birga sudlanuvchilarning ham oqlanishiga oid bu qaror demokratik jamiyatda so‘z erkinligi nechog‘li muhim ahamiyat kasb etishini yana bir karra tasdiqlaydi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют