» » Toshkentdagi Gubkin universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinadi

Toshkentdagi Gubkin universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinadi


I.B.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga 250 nafar talaba qabul qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

“I.B.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga 2018–2019-o‘quv yili uchun qabul to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, filialning bakalavriat bosqichiga 250 nafar talaba qabul qilinadi.

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti 1930-yili tashkil etilgan.

Universitet filiallari Orenburg viloyatida va Toshkent shahrida faoliyat yuritadi.

Filiallar bilan qo‘shib hisoblaganda, universitet talabalari soni 10 mingdan oshadi. Universitetda dunyoning 56 mamlakatidan talabalar tahsil oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют