» » Nogironligi bo‘lgan shaxslarning haydovchi va haydovchilikka nomzod sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi belgilandi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning haydovchi va haydovchilikka nomzod sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi belgilandi


Adliya vazirligida haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida xabar berildi.

Nizom bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haydovchi va haydovchilikka nomzod sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibi aniq belgilandi.

Avval bunday shaxslar haydovchilik uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishida muammolarga duch kelar edi.

Endilikda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil avtotransport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish moneliksiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, muddatlari hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan nogironlik toifalari belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют