» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi islohotlarning ahamiyatini e’tirof etdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi islohotlarning ahamiyatini e’tirof etdi


12-may, shanba kuni Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorining o‘rinbosari Tao Jang boshchiligidagi delegatsiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda respublikadagi iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishida XVJning o‘rni masalasi muhokama qilindi. Tao Jang iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarini amalga oshirishning murakkabligi haqida gapirdi. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, shu bilan birga, uzoq muddatga qoldirilmasligi lozimligi ta’kidlandi.

XVJ ekspertlari valyuta bozorini erkinlashtirish, pul siyosatini takomillashtirish hamda bank faoliyatini tartibga solish kabi yo‘nalishlarda O‘zbekistonga ko‘mak berib kelmoqda.

XVJ direktori o‘rinbosari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning Markaziy Osiyoda ham strategik ahamiyatiga ega ekanligiga alohida urg‘u berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют