» » Putin va Trampning limuzinlari solishtirildi

Putin va Trampning limuzinlari solishtirildi


Newsweek Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “Kortej” loyihasidagi avtomobili va AQSh prezidenti Donald Trampning Cadillac avtomobilini solishtirib chiqdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Vladimir Putin va Donald Tramp ikkisini yuqori sinfdagi limuzinlarga muhabbat birlashtiradi”, — deb yozadi Tom O'Konnor.

Nashr Putinning mashinasini tahlil qilib, u Rolls Royce Phantom va Rolls Royce Ghost limuzinlariga o‘xshashligini ta’kidlaydi.

Nashrning ma’lum qilishicha, “Kortej”da 12 silindrli dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u Trampning limuzinidagi 8 silindrli dvigateldan ancha kuchli. Bundan tashqari, Trampning “Yirtqich” deb nom olgan limuzini “Kortej”dan 1,5 tonna og‘irroq.

"Yangi avtomobil ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zidan avvalgi mashinadan ustunroq bo‘ladi. Rossiya bu borada uzoq vaqt oldinda bo‘lishi dargumon", deb aytilgan nashrda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют