» » Turkmaniston prezidenti avtorallida ishtirok etdi va masofani 10 daqiqada bosib o‘tdi

Turkmaniston prezidenti avtorallida ishtirok etdi va masofani 10 daqiqada bosib o‘tdi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov xalqaro “Amul-Xazar 2018” avtorallisining mamlakat saralash bosqichida ishtirok etdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” davlat agentligi xabar berdi.

Saralash bosqichida Ichki ishlar vazirligi avtosport markazi va avtosport federatsiyasi jamoalari qatnashdi.

Musobaqalar Qoraqum cho‘lida bo‘lib o‘tdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov sport mashinalaridan birini boshqarib poygani ochib berdi. Berilgan masofani 10 daqiqa 10,45 soniyada bosib o‘tdi. Berdimuhamedovning yoshligidan avtosport bilan shug‘ullangani ma’lum.

16–17-may kunlari Moskvada fransuz poygachisi, “Formula-1” yo‘nalishi bo‘yicha dunyo birinchiligi qatnashchisi Jan-Lui Shlesser tomonidan Africa Eco Race 2019 namoyishi doirasida “Amul-Xazar 2018” loyihasining taqdimoti o‘tkaziladi.

Musobaqa so‘ngida 10 ta jamoaga “Amul-Xazar 2018” xalqaro rallisida ishtirok etish huquqi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют