» » Betob Anvar qori Tursunov o‘rniga Ergash Rustamov Toshkent bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Betob Anvar qori Tursunov o‘rniga Ergash Rustamov Toshkent bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi


Shu vaqtgacha Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari va Chilonzordagi “Sobitxon hoji” jome masjidi imom-xatibi sifatida ishlab kelgan Ergash Rustamov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 14-may kuni Toshkent shahridagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida Toshkent shahar imom-xatiblarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda, jumladan, shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bo‘lib turgani sabab, Ramazon oyida diniy sohada ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayriya loyihalarida mas’ullar yuklatilishi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) buyrug‘i bilan Ergash Rustamov shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilingan.

1959-yili Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Ergash Rustamov 1997-yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. 1996—1997-yillarda Toshkent islom instituti prorektori, 1996—2017-yillarda Chilonzordagi “Sobitxon hoji” masjidi imom-xatibi, 2006—2010-yillarda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari, 2012—2017-yillarda O‘MIning Surxondaryo viloyati vakili, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlagan.

Ergash Rustamov 2017-yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari va Chilonzordagi “Sobitxon hoji” jome masjidi imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, aprel oyi boshida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirgani, may oyi boshida esa komadan chiqqani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют