» » Murad Buildings aholi shikoyatlaridan so‘ng Yunusobodda olib borilayotgan uy qurilishini to‘xtatdi

Murad Buildings aholi shikoyatlaridan so‘ng Yunusobodda olib borilayotgan uy qurilishini to‘xtatdi


Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-dahasida joylashgan 17, 18, 19 va 20-sonli ko‘p qavatli uylar orasida Murad Buildings kompaniyasi tomonidan 1,23 gektar yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi boshlanishi bo‘yicha ushbu hududda yashovchi aholidan kelib tushayotgan murojaatlar Toshkent shahar hokimi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi saytida ma’lum qilindi.

Murad Buildings rahbari Murod Nazarov ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng qurilish ishlarini to‘xtatdi va shu hududda yashovchi aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan binoni o‘z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi.

“Shu o‘rinda aytish kerakki, Murod Nazarov o‘zining harakati bilan haqiqiy tadbirkor qanday bo‘lishi kerakligini va tom ma’noda mardlik namunasini ko‘rsatdi”, — deb ta’kidlanadi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют