» » G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 41 kishiga yetdi

G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni 41 kishiga yetdi


Isroil qo‘shinlari G‘azo sektori bilan chegaradagi namoyishni o‘qqa tutishi oqibatida qurbon bo‘lgan falastinliklar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy tibbiy xizmatlar vakili Ashraf al-Kidra bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Oldinroq 16 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

14-may kuni G‘azo sektorining 15 mingga yaqin aholisi norozilik namoyishiga chiqdi va Isroil chegarasiga qarab yo‘l oldi. Namoyish ishtirokchilari o‘sha yerda isroillik harbiylar bilan to‘qnashdi.

Aytilishicha, Isroil harbiylari namoyishning eng faol ishtirokchilari tomon o‘t ochmoqda. Yaradorlar soni 1,7 ming kishi atrofida.

Norozilik aksiyasi Quddus shahrida AQSh elchixonasi ochilishi, shuningdek Isroil davlatiga asos solinganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют