» » Marg‘ilondagi Mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlariga nisbatan sud davom etmoqda

Marg‘ilondagi Mehribonlik uyining sobiq direktori va xodimlariga nisbatan sud davom etmoqda


Tergov organi tomonidan Marg‘ilon shahridagi Mehribonlik uyining sobiq direktori K. Yakubov va to‘qqiz nafar xodimga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir necha moddasi bilan jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur jinoyat ishini ko‘rish 2018-yil 18-aprelda boshlangan, ayni kunlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida sud jarayoni davom etmoqda.

— Ochiq sud majlisi xolislik va adolat mezonlari asosida o‘tkazilmoqda, — deydi jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov. — Hozirda sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitilmoqda. Keyingi jarayonda esa jabrlanuvchilar va guvohlar eshitiladi. Albatta, sud mazkur jinoyat ishi bo‘yicha odilona hukmini chiqaradi.

Tergov organi tomonidan sobiq direktor K. Yakubovga nisbatan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 115-moddasi (voyaga yetmagan shaxsning homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash), 127-moddasi (voyaga yetmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish) bo‘yicha ayb e’lon qilingan.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari S. Usmonov, bosh hisobchi A. Mo‘ydinova, hisobchi A. Saidkamalova, feldsher I. Yo‘ldoshev, tarbiyachilar X. Yakubova, R. Abdufattoyev, N. Soliyeva, enagalar D. Jo‘raboyeva, X. To‘rayevaga nisbatan ham Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayb e’lon qilingan.

K. Yakubov, S. Usmonov, I. Yo‘ldoshev, R. Abdufattoyevlarga nisbatan qamoq, X. Yakubova, N. Soliyeva, D. Jo‘raboyeva, X. To‘rayevalarga uy qamog‘i, A. Mo‘ydinova, A. Saidkamalovalarga garov ehtiyot choralari qo‘llangan.

Bugun sud majlisi davom ettirilib, sudlanuvchi K. Yakubovning ko‘rsatmalari tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют