» » Toshkent va Xo‘jand o‘rtasida muntazam avtobus reysi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent va Xo‘jand o‘rtasida muntazam avtobus reysi yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent va Xo‘jand o‘rtasida muntazam avtobus reysi qatnovini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda, avtobusi reysni amalga oshiradigan Manzara Tourism turistik operatori vakiliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Toshkent – Xo‘jand – Toshkent taqdimot reysi 15-may kuni amalga oshiriladi.

Avtobuslar “Toshkent” (O‘zbekiston) va “Xo‘jand” (Tojikiston) avtovokzallari o‘rtasida yil davomida qatnaydi. U ayrim puntklarda texnik to‘xtashlarni amalga oshiradi, shuningdek, yo‘lovchilarni oladi.

Bir tomonga yo‘l uzunligi 174 kilometrni tashkil etadi. Safar 4,5 soat vaqt oladi, bunga chegaradan o‘tishga sarflanadigan vaqt ham kiradi. Chiptalarni “Toshkent” va “Xo‘jand” avtovokzallari kassalaridan xarid qilish mumkin.

Toshkent – Xo‘jand reysi narxi 50 ming so‘mni, Xo‘jand – Toshkent reysi narxi esa 50 somoniyni tashkil etadi. To‘lov har bir davlat hududida milliy valyutada amalga oshiriladi.

Avtobuslar, yo‘lovchilar va ularning yuklari bojxon ko‘rigi hamda chegara pasport nazoratidan navbatdan tashqari o‘tkaziladi.

15-maydan ishga tushiriladigan reys grafigi:

Toshkent (8:00) — Xo‘jand (12:35); Toshkent (12:00) — Xo‘jand (16:35); Toshkent (18:00) — Xo‘jand (22:35).

Xo‘jand (6:00) — Toshkent (10:35); Xo‘jand (13:00) — Toshkent (17:35); Xo‘jand (18:00) — Toshkent (22:35).

Xalqaro avtomobil qatnovi yuzasidan O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv 9-mart kuni imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют