» » 2014-yilda 10 yilga qamalgan huquq faoli Faxriddin Tillayev ozod etildi

2014-yilda 10 yilga qamalgan huquq faoli Faxriddin Tillayev ozod etildi


2014-yilda ozodlikdan mahrum qilingan huquq faoli Faxriddin Tillayev ozodlikka chiqdi. Bu haqda, O‘zbekiston Oliy sudiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontoxur tuman sudi tomonidan 2014-yilning 6-martida Faxriddin Tillayev 10 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. 2013-yil 12-dekabrdagi amnistiya aktiga asosan belgilangan jazoning o‘talmagan qismi to‘rtdan bir qismiga qisqartirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsion instansiyasining 2014-yil 17-apreldagi aniqlovi bilan jazo o‘zgarishsiz qoldirilgan.

O‘zbekiston Oliy sudining jinoiy ishlar bo‘yicha Sud hay’atining 2018-yil 11-maydagi aniqlovi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining hukmi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsion instansiyasining aniqlovi o‘zgartirildi.

Faxriddin Tillayevga nisbatan olti yil olti oyga ozodlikdan mahrum qilish tartibida jazo tayinlangan. 2013-yil 12-dekabrdagi amnistiya aktiga asosan belgilangan jazoning o‘talmagan qismi uchdan bir qismiga qisqartirilgan. U jazoni o‘tab bo‘lganligi sababli jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют