» » “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va boshqa yirik korxonalarni transformatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi

“O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” va boshqa yirik korxonalarni transformatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi


“Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, 2018–2020-yillarda ustav fondida davlat ulushi ustuvor bo‘lgan davlat korxonalari va boshqa yuridik shaxslarni transformatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi.

Dastur “O‘zbekneftgaz”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekenergo”, “O‘zbekgidroenergo”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zbektelekom” AK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va AT Xalq bankiga amal qiladi.

Dastur davomida Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining davlat kompaniyalariga nisbatan vazifa, funksiya va huquqlari Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют