» » Ramzan Qodirovning Timati tomonidan namoyish qilingan samolyoti sotuvga qo‘yildi

Ramzan Qodirovning Timati tomonidan namoyish qilingan samolyoti sotuvga qo‘yildi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tegishli deb hisoblanadigan Airbus A319 samolyoti dunyodagi eng yirik samolyotlar savdosiga ixtisoslashgan saytda savdoga qo‘yildi. Bortni avvalroq reper Timati tomonidan olingan va Instagram’ga joylangan suratlar orqali tanish mumkin.

Savdo haqidagi e’londa samolyot salonining ichki qismi aks etgan suratlar qo‘yilgan. Ular orasida musiqachi tomonidan qo‘yilgan karavotning suratini ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, samolyot ichki qismining boshqa elementlari ham Timati tomonidan olingan suratlarga mos tushadi.

Timati suratlarni 2017-yilning 7-martida e’lon qilgan. Ularga “8-mart arafasida uydan quvishgan vaqtda, biroq akangda har doim sen uchun bo‘sh xona bor” deya izoh qoldirilgan va Qodirovning akkauntiga havola berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют