» » O‘zbekistonda “nol” xarid qiymatida hamda sotib olish sharti bilan xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda “nol” xarid qiymatida hamda sotib olish sharti bilan xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati e’lon qilindi


Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi respublika bo‘yicha “nol” xarid qiymatida hamda sotib olish sharti bilan xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyektlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Prokuratura organlariga tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi ishlab chiqarishlar va ish joylarini yaratish istagida bo‘lgan tadbirkorlar “nol” xarid qiymatida hamda sotib olish sharti bilan xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyektlar haqida aniq ma’lumotlarga ega emasliklari oqibatida ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali va oqilona foydalanish, zarur investitsiyalar kiritish, zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish joylari barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda respublika bo‘yicha “nol” xarid qiymatida hamda sotib olish sharti bilan xususiylashtirilishi rejalashtirilgan obyektlar ro‘yxati shakllantirildi.

Ro‘yxatda ushbu toifadagi bino va inshootlarning manzili, umumiy maydoni, binolari, balansda saqlovchi tashkilot, boshlang‘ich shartlar hamda boshqa ma’lumotlar o‘rin egallagan.

Mazkur ro‘yxatning e’lon qilinishi sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun telefonlar: 0-371-233-65-23, 0-371-233-88-46



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 08:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют