» » “Manas” restoranidagi kuchli yong‘in qo‘shni turar-joy binosiga ham zarar yetkazdi (foto)

“Manas” restoranidagi kuchli yong‘in qo‘shni turar-joy binosiga ham zarar yetkazdi (foto)


Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida Grand Mir mehmonxonasi yonida joylashgan “Manas” restoranida bugun, 7-fevral kuni sodir bo‘lgan kuchli yong‘in qo‘shni turar joy binosiga ham zarar yetkazdi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Nashrning Yakkasaroy tumani yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limiga tayanib xabar berishicha, yong‘in soat 10:41 da boshlangan. Yong‘inni bartaraf etish uchun o‘t o‘chirish xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.

Xabarda qayd etilishicha, yong‘in restoranga qo‘shni ikki qavatli turar joy binosiga ham o‘tgan. Bu vaqtda hodisaga yaqin bo‘lgan Grand biznes-markazida chiroq o‘chirilgan.

Alanga kuchliligidan, uning tutunini Toshkentning ko‘plab hududlaridan payqash mumkin bo‘ldi. Hodisada qurbon bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (7-02-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют