» » Adliya vazirligi Xalqaro oila kuni munosabati bilan oila qonunchiligi masalasida onlayn huquqiy maslahat beradi

Adliya vazirligi Xalqaro oila kuni munosabati bilan oila qonunchiligi masalasida onlayn huquqiy maslahat beradi


15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Telegram’dagi @oilakuniadliyabot botiga yoki Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasiga oila qonunchiligiga oid savollarni yo‘llash mumkin.

15-may kuni kun davomida Adliya vazirligi mutaxassislari onlayn tarzda yoki elektron pochta orqali aholiga bepul huquqiy maslahatlar berib boradi, ya’ni yo‘llangan savollarga javob beradi.

15-may soat 15:00 da esa Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Aksiya reglamenti va savollar yo‘llash tartibi bilan quyidagi havolada tanishing: https://goo.gl/o2fWYR



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют