» » Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi amalga oshiriladi

Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi amalga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidentining “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Quyidagilar Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilandi:

Jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish;

Jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirish;

Fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining ta’sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash;

Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini tizimlashtirish va uyg‘unlashtirish;

Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish;

Jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish.

Bosh prokuratura, Oliy sud va Ichki ishlar vazirligining “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan jinoyat ishlarini yuritish tartibini bosqichma-bosqich raqamlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi. Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

Jinoyat ishlari bo‘yicha ish yurituvni elektron shaklda yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtida surishtiruv organlarining prokuratura organlari, sudlar va jazoni ijro etish organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashinuvi imkoniyatini beruvchi himoyalangan tizimni, jumladan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha statistika yuritishni avtomatlashtirish orqali joriy qilish;

Hujjatning yagona identifikatorini joriy etishni hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning surishtiruv organlari, sudlar, prokuratura organlari bilan Internet tarmog‘i orqali axborot almashinuvini ta’minlash;

Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv amaliyotida jinoyat-protsessual hujjatlarining yagona elektron shaklini ishlab chiqish;

Jinoyat ishlarini yuritish jarayonlarini, shu jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha elektron ish yurituvda tartib-taomillarni qisqartirish va ortiqcha bosqichlarni chiqarib tashlash orqali optimallashtirish;

Protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, jumladan elektron shaklda sanksiyalar olish, dalillarni to‘plash, ekspertizalar, sud muhokamasi o‘tkazish va sud qarorlarini ijro etish orqali soddalashtirish.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiya tashkil etildi. Komissiyaga:

2018-yil 1-dekabrga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoyat ishi” dastlabki loyihani amalga tatbiq etish;

2019-yil 1-oktabrga qadar dastlabki loyihaning sinovlari natijalaridan kelib chiqib, jinoyat ishlari bo‘yicha elektron ish yurituvi joriy qilinishi munosabati bilan jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahrirdagi loyihalari kiritish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют