» » May oxiriga qadar Yaponiya shimoliga oltita F-35A qiruvchi samolyotlari joylashtiriladi

May oxiriga qadar Yaponiya shimoliga oltita F-35A qiruvchi samolyotlari joylashtiriladi


F-35A beshinchi avlodiga oid ko’p maqsadli qiruvchi samolyotlarining oltitasi may oyi davomida Aomori shimoliy prefekturasidagi Misava harbiy bazasiga joylashtiriladi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onodera ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda, qiruvchi samolyotlardan biri bazaga bugunning o‘zida yetkazib kelinsa, 26-may kuni esa yana beshta shu turdagi samolyotlar olib kelinadi. “Bu havodan bo‘ladigan hujumlardan himoyalanish borasidagi mudofaamizni mustahkamlashga, shuningdek, Yaponiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deydi Onodera.

F-35A qiruvchi samolyotlarini Misava bazasiga joylashtirish 2018-yilning yanvaridan boshlangan edi. Hozirda u yerda bir dona shu turdagi samolyot mavjud. U AQSh bilan birgalikda 24-mayga qadar davom etadigan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют