» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” 31-maydan ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashiy boshlaydi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 31-maydan ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashiy boshlaydi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 31-maydan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni tashish bo‘yicha qatnovlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 17-iyuniga qadar davom etadigan ushbu dastur doirasida Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishida jami 14 ta qatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Kichik haj”ni amalga oshirishni istagan 1546 nafar o‘zbekistonliklar milliy aviakompaniyaning Boeing 767 samolyotlaridan belgilangan manzilga yetib olishda foydalanadi.

“Ushbu dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun aviakompaniya mutaxassislari ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish va yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют