» » Daryoda faktchek: Samvel Babayanning hamma gapiga ishonish kerakmi?

Daryoda faktchek: Samvel Babayanning hamma gapiga ishonish kerakmi?


Ozbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Interfutbol nashriga intervyu berib, unda oz talablari va fikrlari bilan ortoqlashgandi. Suhbat davomida Babayan terma jamoa azolarining ayrimlari haqida ham oz fikrlarini bildirib otdi.

Xususan, Samvel Babayanning Igor Sergeyev, Jaloliddin Masharipov hamda Odil Ahmedov borasida aytganlari Daryo etiborini oziga qaratdi.

Hujumda katta muammolar bor demagan bolardim. Igor Sergeyevga kelsak, u mening iltimosimga binoan Paxtakorga qaytdi. Sababi uni oldingi holatiga qaytarishimiz lozim. Sergeyevga hozir ham xorij klublaridan yaxshigina takliflar bor. Shunga qaramay, u Paxtakorga qaytishga qaror qildi.

U oz ustida tinmay ishlayapti. Ishonchim komil, Igor avvalgi sport formasini tiklab, yana gol ura boshlaydi. Uning osayotganini koryapman. Xitoyda oynab yurgan kezlari ham ikkita ajoyib gol urishga muvaffaq boldi.

Samvel Babayan, Ozbekiston MTJ bosh murabbiyi

Faktchek. Sergeyevning Babayan iltimosiga kora Paxtakorga qaytgani OAV uchun yangilik boldi. Kelishuvga kora, hujumchi Beytszin Goan bilan yarim yillik shartnoma tuzgan bolib, agar xitoyliklarda iliq taassurot qoldirsa, bitim yana uzaytirilishi kerak edi.

Biroq Xitoy jamoasi Sergeyevni olib qolishni istamadi va u Paxtakorga qaytishga majbur boldi. Hujumchi bilan deyarli bir vaqtda Xitoy Super ligasiga qadam qoygan turkiyalik Burak Yilmaz 17 ta oyinda 11 ta gol urishga muvaffaq boldi. Igor Sergeyev esa 14 uchrashuvda bor-yogi 1 ta top kiritdi. Xitoyliklar tabiiyki, Yilmaz variantini afzal bildi.

Igor Sergeyev milliy terma jamoaning songgi sakkiz rasmiy uchrashuvida ham gol urishning uddasidan chiqa olmagan. Shunga qaramay, u jamoaning asosiy hujumchisi hisoblanadi va Babayanning ishontirishicha, bir qator xorij klublari unga qiziqish bildirmoqda. Parallel vaqtda mutaxassis chet el klublari tinch qoymayotgan Sergeyevni avvalgi formasiga qaytarmoqchi. U oz ustida ishlamoqda va tez orada formasini tiklab oladi.

Xulosa. Bundan kelib chiqadiki, Sergeyevning formasi joyida emas, shunga qaramay termaga chaqirilmoqda. Katta ehtimol bilan u formasidagi muammo sabab Xitoydan qaytib kelgan, Babayanning iltimosiga kora emas.

Kuchliroq futbolchilarni olib qolish, foydalanish yoki foyda korish uchun Xitoy klublari ham, boshqasi ham odatda bir necha yillik shartnomalar taklif qiladi. Masalan, Odil Ahmedov Shanxay SIPG bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi. Beytszin Goan esa Sergeyevni yarim yilgina sinashga rozi bolgan. U Babayanning iltimosiga kora Xitoyga taklif etilgan bolishi mumkindir, biroq qaytishi sabablariga yetarlicha fakt keltirildi u shunchaki gol urmayapti.

Mavzuga oid:Ozbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev 108 kun deganda gol urishga erishdi (video)

Xitoy chempionati bugungi kunda Osiyoning eng kuchli ligasiga aylandi desam, xato bolmaydi. Chin yurti jamoalari kozga koringan yulduz futbolchilarni oz safiga qoshib olyapti. Bunday raqobatda Odil yanada kuchli boladi. Shularni inobatga olib, Ahmedovning qarorini qollab-quvvatlayman.

Samvel Babayan, Ozbekiston MTJ bosh murabbiyi

Faktchek. Odil Ahmedov Xitoyning Shanxay SIPG klubiga otishi haqida xabarlar chiqa boshlagach, Samvel Babayan uning Krasnodarda qolishi haqida aytib otgandi. Bunda u milliy terma jamoa sardorining fikrlari bilan qiziqqan hamda Odil Krasnodarda qoladi deb intervyu bergan.

Oradan hech qancha vaqt otmay Ahmedov Xitoy klubi bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu holat esa Samvel Babayan bayonotini ham, Ahmedovning unga aytganlarini ham bir pul qildi.

Jaloliddin Masharipovning Paxtakordan Lokomotivga otishi faqat terma jamoa manfaati uchun xizmat qiladi. Boisi u Lokomotiv bilan Osiyo Chempionlar ligasida maydonga tushib, tajribasini yanada oshiradi.

Samvel Babayan, Ozbekiston MTJ bosh murabbiyi

Mulohaza. Faqat terma jamoa manfaati uchun? Katta ehtimol bilan bu birinchi navbatda Lokomotiv, keyin Paxtakor manfaati uchun xizmat qiladi.

Birinchidan, Jaloliddin Masharipov terma jamoaning asosiy futbolchisi hisoblanmaydi. Samvel Babayan hozirgi kunga qadar rasmiy oyinlarda yarim himoyada Server Jeparov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Otabek Shukurov kabi futbolchilarga nisbatan koproq etibor qaratadi, Masharipovga emas.

Ikkinchidan, Masharipov Lokomotivdagi faoliyati orqali xorij klublarining nazariga tushishi mumkin. Sanjar Shoahmedov, Server Jeparav, Temurxoja Abduxoliqov bunga misol bola oladi. Uning sotilishi esa terma jamoalar markazini emas, Paxtakorni boyitadi. Keyinroq uni ozi sotishi uchun ham Paxtakor futbolchini yarim yilga ijaraga bergan bolishi mumkin.

Uchinchidan, faqatgina terma jamoa manfaati inobatga olinsa, Igor Sergeyev, Davron Hoshimov, Stanislav Andreyev, Jaloliddin Masharipov, Javohir Sohibov kabi futbolchilardan togri kelganini ham Chempionlar ligasida top suradigan klublarga ijaraga berish mumkin edi.

Jaloliddin Masharipovning ozini ham bir yil avval Nasaf yoki Bunyodkor jon deb ijarada oynatishi mumkin edi. Osha klublar Paxtakorning Masharipovdan boshqa futbolchisiga ogiz solmayaptimi, demak ular munosibroq boshqa futbolchi borligiga ishonadi. Klublarki shunga ishonsa-yu, Samvel Babayan osha futbolchilarni milliy terma jamoaga jalb qilishda davom etsa, bu yerda faqatgina terma jamoa manfaati yotibdi deyish qiyin boladi. Bordi-yu, Masharipovni ijaraga olish faqatgina Lokomotivning qolidan kelsa, demak futbolchi uncha arzon turmaydi. Gap narx haqida ketganida esa terma jamoa manfaati asosiy masala bola olmaydi.

Biz 3 ta muhim qadamni tashladik. Afsuski, ikki uchrashuvda maglubiyat alamini totib kordik. Eron va Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda durang adolatli natija bolardi.

Samvel Babayan, Ozbekiston MTJ bosh murabbiyi

Faktchek. Ozbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bolib otgan oyinda raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmagan. Jahon chempionatida ishtirok etishni istagan mamlakat termasi uchun oz maydonidagi bunday korsatkich chiroyli emas.

Janubiy Koreyaga qarshi oyinda esa faqatgina 1 ta aniq zarba bor. Shu ham gol bilan yakunlangan. Umumiy zarbalar boyicha Ozbekiston termasi ikki barobar pastroq natija qayd etgan. Shundan kelib chiqib, Samvel Babayan adolat deganda nimani tushunadi aytish qiyin.

JCh saralashi doirasida Vadim Abramov boshchilik qilgan Ozbekiston milliy terma jamoasi ham Samvel Babayan boshqaruvidagi jamoaga oxshab Erondan Toshkentda 0:1 hisobida yengilgan. Babayan jamoasi 1 ta ham aniq zarba bermagan bolsa, Abramov jamoasi oyinda toliq ustunlik qilgan. Hatto, 1 ta toza gol inobatga olinmagan.

Keyinroq, hujumkor futbolidan keyin Vadim Abramov ishdan olingan. Birorta ham aniq zarba bermagani uchun esa Samvel Babayan oz ishini saqlab qolgan. Babayanga qadar ishlagan Mirjalol Qosimov ham JCh saralashida Eron ustidan safar oyinida zafar quchishga erishgandi.

: admin (7-02-2017, 17:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -