» » Toshkent shahar hokimligi Ramazon oyida xonadonlarni va qabristonlarni ozoda saqlashga chaqirdi

Toshkent shahar hokimligi Ramazon oyida xonadonlarni va qabristonlarni ozoda saqlashga chaqirdi


Toshkent shahar hokimligi kirib kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan poytaxt aholisi va mehmonlarini tabrikladi. Bundan tashqari, muqaddas oy kelishi munosabati bilan shaharni ozoda saqlashga, obodonlashtirish ishlarida qatnashishga chaqirdi.

Ushbu oyni barchamiz munosib kutib olishimiz va go‘zal tarzda o‘tkazishimiz lozim bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz, poklik, tozalik va eng avvalo bir birimiz bilan yaxshi munosabatda bo‘lmog‘imiz zarurdir. Zero ushbu oyda barcha tilaklarimiz ushaladi.

Bugun poytaxtimizda keng bunyodkorlik ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda, bu bilan bir qatorda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham keng quloch yozmoqda. Shu munosabat bilan qutlug‘ Ramazon oyini munosib qarshilash uchun eng avvalo o‘z xonadonlarimiz oldini toza-ozoda saqlashimiz, tabarruk qadamjolar, qabristonlarimizni ziyorat qilib, o‘tganlarimizni ruhlariga duolar qilishimiz va qabristonlarni pok va ozoda bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. O‘tganlarimizni eslash, qabristonlarimizni doim ozoda saqlash kabi an’analarimizni farzandlarimizga o‘rgatib boraylik. Ana shundagina qutlug‘ Ramazon oyini hotirjam o‘tkazishimizga zamin yaratgan bo‘lamiz.

Yana bir bor qutlug‘ Ramazon oyi barchangizga muborak bo‘lsin!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют