» » O‘shda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tdi

O‘shda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli bo‘lib o‘tdi


11–12-may kunlari O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi O‘sh shahrida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolar uchun sayyor konsullik qabulini o‘tkazdi. Bu haqda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabul davomida Qirg‘izistonning O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlaridan kelgan 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi konsullik masalalari bo‘yicha maslahat va yordam oldi. O‘zbekistonliklar so‘ragan asosiy savollar Qirg‘iziston hududida tug‘ilgan bolalarning fuqaroligi va ularga O‘zbekiston hujjatlarini olish, O‘zbekistonga qaytish sertifikati, pasport berish yoki almashtirish, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish va so‘rovga ko‘ra boshqa hujjatlarni olishga doir.

Shuningdek, O‘sh viloyati hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari, ishlash uchun ruxsatni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha maslahat berishni so‘radi.

Konsullik qabulini tashkil etishda elchixonaga Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyatidagi vakilli vakolatxonasi va Tashqi ishlar vazirligining janubdagi vakolatxonasi ko‘mak ko‘rsatdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют