» » Hisob palatasi 2017-yilda 36,5 mlrd so‘m va 7 mln dollarlik samarasiz xarajatlarni aniqladi

Hisob palatasi 2017-yilda 36,5 mlrd so‘m va 7 mln dollarlik samarasiz xarajatlarni aniqladi


Parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Hisob palatasining 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot eshitildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘tgan yilda Hisob palatasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish va o‘rganishlar (audit) natijalari yuzasidan O‘zbekiston Prezidentiga 66 ta, Vazirlar Mahkamasiga 3 ta ma’lumotnoma va tahliliy materiallar kiritildi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 2145 holatda 36,5 milliard so‘m va 7 million dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar hamda 38 ta holatda 268,3 milliard so‘m budjet tizimiga qo‘shimcha daromad summasi aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlash va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joylarda o‘rganish o‘tkazildi. Qishloq oilaviy poliklinikalari hududida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yo‘lga qo‘yadigan “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi dorixonalarni joylashtirish hamda hududlarda tez tibbiy yordam shoxobchalarini tashkil etish ishlari qoniqarsiz darajada ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, birlamchi tibbiyot muassasalarida umumiy amaliyot shifokorlari hamda tor mutaxassisliklar shtat birliklari shifokorlar bilan to‘ldirilmaganligi, tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvlar uchun dori-darmon vositalariga sarflanayotgan budjet mablag‘lari o‘rganilganda 1 ta chaqiruv dori-darmon xarajati uchun ajratilayotgan mablag‘lar respublika hududlari bo‘yicha nomutanosibligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish holatida sezilarli o‘zgarishlar yo‘qligi aniqlandi va o‘rganish yakuni bo‘yicha Hisob palatasining ko‘rsatmasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi ta’minlandi.

Mahalliy budjetlarga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash maqsadida Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Olmazor va Bektemir tumanlarida 2017-yilda o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida budjetga qariyb 120 milliard so‘m qo‘shimcha daromad manbalari aniqlandi.

Kommunal sohadagi tekshirishlar natijalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanishicha, “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasi ishlab chiqarish birlashmasining 2010-yil 1-yanvaridan 2015-yil 1-iyuligacha bo‘lgan davrdagi faoliyati o‘rganilganda jami 516 milliard so‘mlik xato-kamchiliklar aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют