» » Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi

Toshkentda “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi


Joriy yilning 16—18-may kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida an’anaviy “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Unda O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Shveysariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston kabi davlatlar kompaniyalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro tadbir O‘zbekiston neft-gaz sanoati salohiyatini namoyish etish orqali soha ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar neft va gaz qazib olish, uglevodorodlarni tashish, qayta ishlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro konferensiya, yosh olimlar sessiyasi, “Yoshlar kuni” kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют