» » Odil Ahmedov ilk rasmiy o‘yinidan keyin “Shanxay SIPG” bilan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi

Odil Ahmedov ilk rasmiy o‘yinidan keyin “Shanxay SIPG” bilan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi.

Pley-off raundida shanxayliklar Tailandning “Sukhotai” klubiga raqib bo‘lib, yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda hisob Odil Ahmedovning golli uzatmasidan so‘ng Oskar tomonidan ochildi, keyinroq braziliyalik boshqa futbolchi Elkesen taylar darvozasiga ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘limdagi avtogol hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Bu Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” safidagi ilk rasmiy uchrashuvi bo‘lib tarixga kirdi. Limitdan to‘liq foydalangan portugaliyalik murabbiy Andre Villash-Boash uni va braziliyalik uch futbolchini boshlang‘ich tarkibga kiritdi. Reglamentdan kelib chiqib, portugaliyalik Rikardu Karvalyu Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Ma’lumot uchun, “Shanxay SIPG” Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida “Seul” (Janubiy Koreya), “Urava Red” (Yaponiya), “Vestern Sidney” (Avstraliya) jamoalariga raqib bo‘ladi.

Osiyo Chempionlar ligasi
Pley-off
7-fevral, seshanba

Gollar: Oskar, 34 (1:0). Elkesen, 39 (2:0). Kiattisak Tuphuntod, 58-avt (3:0).

Опубликовано: admin (7-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют