» » Yaponiyalik ayolning uyida begona erkak unga sezdirmasdan yarim yil yashadi

Yaponiyalik ayolning uyida begona erkak unga sezdirmasdan yarim yil yashadi


Yaponiyaning Ximedzi shahrida keksa ayolning uyida noma’lum erkak qariyb yarim yil yashirindi. Erkak uy egasidan ikkinchi qavatda yashiringan, deb yozmoqda Tengrinews.

Buzg‘unchi erkakni 90 yoshli ayolning o‘g‘li onasini ko‘rgani kelib aniqlagan. Birinchi qavatdagi tushlik vaqtida ayolning o‘g‘li g‘alati ovozni eshitgan. Tekshirish uchun ikkinchi qavatga chiqib, xonalardan birida taxminan 20 yoshli erkakning uxlab yotganini ko‘rgan.

Uy egasi politsiya chaqirgan va noma’lum buzg‘unchi qo‘lga olingan. Biroq politsiya undan hech qanday ma’lumot ola olmagan. Ayol va uning o‘g‘li bu odam ularga tanish emasligini bildirgan.

Taxmin qilinishicha, yigit o‘tgan yilning 12-dekabrida uyga joylashgan. Ayol ikkinchi qavatga kamdan-kam ko‘tarilgan. Yigit esa uyga kirishdan oldin oyoq kiyimini yechgan va uni yashirib qo‘ygan, buni esa hech kim sezmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют