» » Toshkentda barcha avtobuslarga bosqichma-bosqich videoregistrator o‘rnatiladi

Toshkentda barcha avtobuslarga bosqichma-bosqich videoregistrator o‘rnatiladi


2018-yilning 13-may kuni “Toshshahartransxizmat” AJ kichik majlislar zalida Toshkent shahar IIBB YHXB mutasaddi xodimlari ishtirokida tarmoq korxonalari rahbarlari, XXB boshliqlari, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan birgalikda yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati.

Yig‘ilishda 2018-yilning 12-may kuni jamiyat tarkibiga kiruvchi “1-avtobus saroyi” MChJ (Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron ko‘chasidan 119-yo‘nalishida harakatlanayotgan  Isuzu rusumidagi davlat raqami 01 023 EDA bo‘lgan) haydovchisi Abdurashid Qo‘ziboev tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha qo‘shma qaror imzolandi.

Mazkur qarorda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan quyidagi choralar belgilab olindi:

-avtobuslar belgilangan tezlikdan oshirilmasligini nazorat qilish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda “Toshtransdispetcherxizmat” UK markaziy nozimlik xizmati bilan GPS-tizimi tomonidan olingan ma’lumotlarga tayanib tezlikni belgilangan me’yordan oshirgan haydovchilarga nisbatan keskin ta’sir choralarini ko‘rish;

-haydovchilar bilan ogohlik va xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazish;

-YTHlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, tahlil qilish maqsadida, barcha avtobuslarga bosqichma-bosqich video-registrator o‘rnatish;

-Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda har haftaning payshanba kuni o‘tkaziladigan profilaktika kunida hafta davomida avtobus haydovchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Toshkent shahar IIBB YHXBdan olish va tanqidiy ko‘rib chiqish hamda ularga nisbatan keskin ta’sir choralari ko‘rish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют