» » Toshkentda nufuzli Acibadem xalqaro klinikalar tarmog‘i maslahat markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda nufuzli Acibadem xalqaro klinikalar tarmog‘i maslahat markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Poytaxtda tibbiyot sohasining yetakchi xalqaro mutaxassislaridan malakali tibbiy maslahat olish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga xizmat qiluvchi ma’lumot markazining yangi binosi ochildi.

Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish Acibadem (Turkiya) klinikalar tarmog‘i markazi Toshkentda 4 yildan buyon faoliyat yuritib keladi va shu vaqt oralig‘ida markaz vakillari O‘zbekistonning yuzlab fuqarolariga tibbiy maslahat berish borasida yaqindan ko‘mak berib kelmoqda. Markazning yangi ofisini ochishga oid tayyorgarlik ishlari o‘tgan yilning oxirlarida boshlangandi.

Markazda taqdim etilgan innovatsion yondashuvga asosan bemorlar xalqaro tibbiyot ekspertlari bilan onlayn tarzda aloqaga chiqib, kasallik tarixi, laboratoriya tekshirish natijalari va boshqa ma’lumotlar borasida vrach hulosasini olibgina qolmay, kasallikni davolashning keyingi bosqichlari haqida ham batafsil masalahatlar olishlari mumkin. Agar vaziyat shuni talab qilsa, markaz vakillari bemorlarni Turkiyaga davolash uchun yuborish bilan bog‘lik barcha xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniga ham egalar.

Ammo shunga qaramay, markazning faoliyat yo‘nalishi aholi chetga chiqmay, O‘zbekiston hududida malakali davolanishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishdan iboratdir. Acibadem shifoxonasining bosh maqsadlaridan biri, yuqori malakali xalqaro meditsina xizmatlarining O‘zbekiston hududida rivojlantirishdir.

Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida chet ellik vrachlar va shifoxona vakillari markaz o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari, shuningdek, mahalliy shifokorlar bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga oid rejalari haqida atroflicha hikoya qilib berdilar

Bugungi kunda Acibadem shifoxonalari tarmog‘i 21 zamonaviy klinika, 17 ambulator davolash poliklinikalariga ega. Turkiyadan tashqari jahonning yana to‘rt mamlakati (Bolgariya, Gollandiya, Makedoniya, Iroq)da o‘z klinikalariga ega. Har yili 3,5 million nafardan ortiq bemorlar mazkur shifoxonalarga murojaat qiladi.

Acibadem klinik shifoxonalari tabbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tashxis qo‘yish va yuqori malakali xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi: onkologiya, neyroxirurgiya, ortopediya, kardiologiya, ginekologiya, sport tibbiyoti va boshqalar.

Shifoxonaning barcha bo‘limlari eng so‘nggi tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, xalqaro andozalarga javob beradigan qulay shart-sharoitlarga ega. Bundan tashkari, Acibadem jamoasi 2000 nafar yuqori malakali vrachlar, 3900 nafar tibbiyot hamshirasi va 7500 nafar yordamchi ishchilardan iboratdir.

Chet ellik bemorlarni qabul qilish va tibbiy maslahat berish uchun Acibadem’ning xalqaro markazida 150 dan ortiq kishi faoliyat yuritadi. Ular zimmasida chet ellik bemorlarning Turkiyaga kelib davolanishlari uchun kerakli yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. Ular qatoridan — aeroportda kutib olib, mehmonxonaga qadar eltib qo‘yishdan boshlab, tibbiy yordam olgach, o‘z vataniga muvaffaqiyatli qaytishni tashkillashitirish kabi vazifalar o‘rin olgan.

Acibadem shifoxonasining yuqori sifatli himzatlari AQShning eng nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — Joint Commission International tomonidan tasdiqlangan. Ushbu akkreditatsiyaga dunyoning 51 ta mamlakatidagi atigi 600 klinika ega.

Acibadem klinikasining Toshkentdagi maslahat markazi manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yuli dahasi, 19-uy.

Yozilish va savollar uchun telefon: (+998-95) 144-54-45, (+998-90) 907-65-81.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (7-02-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют