» » “Mening fikrim” portalida umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalarini tashkil etish taklifi bildirildi

“Mening fikrim” portalida umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalarini tashkil etish taklifi bildirildi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalarini tashkil etish taklifi kelib tushdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi borgan sari dolzarblashib bormoqda. Suvni qayta ishlash va tozalash xarajatlari haqida ham shunday fikrlarni bildirish mumkin. Buning ustiga O‘zbekistonda ichimlik suvi yetib bormagan aholi punktlari mavjud. Ana shunday joylarda muammolarni yengillashtirish va ichimlik suvi sarfini tejash maqsadida bir necha mahallalar uchun pulli xizmat ko‘rsatuvchi Umumiy kir yuvish xizmatlari korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda.

“Birinchidan, kir yuvish uchun ichimlik suvidan ko‘ra, arzonroq va yuvishga ko‘proq mos keluvchi suvni ajratish ekologiya va iqtisodiyotga foyda keltiradi. Ikkinchidan, kirxonaning o‘zida suvni qayta tozalash nisbatan arzonroqqa tushadi. Va nihoyat, uchinchidan, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyati hamdir”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют