» » Peskov Vladimir Putinda yuk mashinalarini haydashga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bor ekanligini bildirdi

Peskov Vladimir Putinda yuk mashinalarini haydashga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi bor ekanligini bildirdi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putinning haydovchilik guvohnomasida yuk mashinalarini haydashga ruxsat beruvchi kategoriya mavjud. Bu haqda matbuot kotibining so‘zlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Prezidentning haydovchilik guvohnomasida C kategoriyasi (maksimal og‘irligi 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarini boshqarish ruxsatini beruvchi) mavjud”, — deydi Peskov.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Putin ushbu haydovchilik guvohnomasini salkam yigirma yil oldin olgan.

Avvalroq, Putin “KamAZ”ni boshqargan holda Qirmni Rossiya bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigini ko‘rish uchun kelgani haqida xabarlar tarqalagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют