» » Yaponiyada 44 million dollarlik oltinni noqonuniy olib kirgan kontrabandachilar fosh qilindi

Yaponiyada 44 million dollarlik oltinni noqonuniy olib kirgan kontrabandachilar fosh qilindi


Tokio politsiyasi Yaponiyaga 44 million dollarlik (4,8 milliard iyen) oltinni noqonuniy olib kirgan kontrabandachilarni fosh qildi. Bu haqda Kyodo axborot agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Jinoiy ish bo‘yicha 7 nafar gumonlanuvchi hibsga olingan. Ularning orasida gangster-yakudzalar bor.

Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, oltin Gonkongdan ikkita tubi chuqur qutilarda olib kirilgan. Qutilarga tekshiruvchilarni chalg‘itish uchun shisha mahsulotlar joylashtirilgan.

Kontrabandachilar doim Yaponiyaga qo‘shni Osiyo mamlakatlaridan arzon narxga olingan oltinni olib kirishga harakat qiladi. Masalan, 2017-yil iyun oyida Kansay xalqaro aeroportida noqonuniy olib kelingan 100 kilogramm oltin aniqlangan. Oltinni 10 nafar Malayziya fuqarosi kiyimlari tagida olib kirishga harakat qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 13:37)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют