» » O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari nukuslik yoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari nukuslik yoshlar bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya tasarrufidagi o‘rta maktablarda uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasini samaradorligini oshirish maqsadida Milliy gvardiyaning Nukus shahrida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari To‘rtko‘l tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan o‘rta umumta’lim maktabiga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar beradi gvardiya matbuot xizmati.

Dastlab o‘quvchi-yoshlar bilan O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida jasorat va qahramonlik ko‘rsatgan faxriylar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Milliy armiya yoshlar qalbida sadoqat, jasorat, matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, tadbirning ikkinchi qismida o‘quvchi yoshlarga harbiy xizmatchilar tomonidan tashkil qilingan o‘quv joylarida qurol-yarog‘, maxsus anjomlar hamda turli vaziyatlarda qo‘llaniladigan aslahalar bilan tanishtirildi.

O‘tkazilgan tadbirda To‘rtko‘l tumani hokimligi, tuman mudofaa ishlari boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining To‘rtko‘l tumani kengashi ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 14:22)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют